Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy ofisi: AQSh bilan tinchlik va hamkorlik haqida “muhim telefon suhbati” o‘tkazildi

Zelenskiy ofisi: AQSh bilan tinchlik va hamkorlik haqida “muhim telefon suhbati” o‘tkazildi

Zelenskiy ofisi rahbari Andrey Yermak AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan "muhim telefon suhbati" o‘tkazganini ma’lum qildi.

Muzokaralarda AQSh prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Kit Kellog, shuningdek, Ukraina tomonidan mudofaa vaziri Rustem Umerov ham ishtirok etdi.

"Asosiy e’tibor o‘t ochishni to‘xtatish va nizoni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollariga qaratildi. Prezidentlarimiz [Ukraina va AQSH] kelishib olgan bandlarni amalga oshirish muhimligiga alohida urg‘u berildi. Ukraina Oliy Radasi AQSh bilan iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilgani yuqori baholandi. Bu munosabatlarimizda yangi bosqichni boshlaydigan va Ukraina-Amerika hamkorligini mustahkamlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan tarixiy hujjatdir,"
deya yozdi Yermak.

Kiritildi: 10:41 10.05.2025. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!