Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy NATO yetakchilari bilan uchrashdi

A A A
Zelenskiy NATO yetakchilari bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni ertalab Vilnyusda, NATO sammitida alyansning turli mamlakatlari yetakchilari bilan alohida uchrashdi.

Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuv endigina boshlandi, bundan oldin Zelenskiy Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan gaplashdi.

“Olaf Shols bilan muloqot har doimgidek mazmunli. Biz ukrainaliklar hayotini himoya qilish va mudofaamiz uchun yaxshi xabar kutamiz”, — deb yozdi Zelenskiy Germaniya kansleri bilan uchrashuv oldidan tvitterda.

Uchrashuvlar mazmuni va natijalari haqida hozircha malumot berilmagan.

Britaniya hukumati va AQSh prezidenti ma’muriyati avvalroq xabar qilganidek, chorshanba kuni NATO sammiti arafasida G7 davlatlari yaqin yillarda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish deklarasiyasi-rejasini imzolaydi.

Kiritildi: 13:42 12.07.2023. O'qildi: 2213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!