Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining (MXMK) “Masha va Ayiq” multserialiga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorini kuchga kirituvchi farmonni imzoladi.
Cheklovlar serialni yaratgan “Animakkord” studiyasiga hamda besh nafar rossiyalik fuqaroga, jumladan, studiya asoschisi va bosh direktori, ssenariy muallifi, prodyuser va multfilm huquqlari egasiga nisbatan kiritildi.
Ukraina MXMK bayonotiga ko‘ra, “Masha va Ayiq” multseriali bolalar kontenti niqobi ostida rossiyaparast qarashlarni tarqatmoqda, bu esa Ukraina milliy xavfsizligiga xavf tug‘diradi.
“Masha va Ayiq” multfilmiga nisbatan e’tirozlar boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘lgan. Iyul oyida bir guruh britaniyalik siyosatchilar mamlakat madaniyat vaziriga ochiq xat yozib, ushbu multserialni striming xizmatlaridan olib tashlashni talab qilgan va uni “Rossiyaning ochiq tashviqot quroli” deb atagandi.
Kiritildi: 12:32 21.08.2026.
O'qildi: 727 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.