27 may, dushanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amaliy tashrif bilan Madridga keldi. Ukraina prezidentini aeroportda Ispaniya qiroli Filipp VI kutib oldi, deya xabar bermoqda Euronews.
Ispaniya davlat rahbari xorijiy davlat rahbari bilan oxirgi marta 2022 yil iyun oyida Jo Bayden Ispaniyaga tashrif buyurganida uchrashgan.
Zelenskiyning tashrifi 17 mayga belgilangan edi, biroq Rossiya hujumi tufayli u bekor qilingan edi.