Ukraina Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh bilan birgalikda 23 aprel kuni Londonda Rossiya bilan urushni tugatish yo‘llarini muhokama qiladi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.
Ukraina davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan yaxshi va batafsil muzokaralar olib borgan.
"Chorshanba kuni bizning vakillarimiz Londonda ishlaydi. Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH. Biz so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun imkon qadar konstruktiv yo‘l bilan olg‘a borishga tayyormiz, keyin esa haqiqiy va mustahkam tinchlik o‘rnatiladi”, - deya ta’kidladi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, qo‘shimcha shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish tinchlik sari birinchi qadam bo‘lishi kerak va Pasxa Rossiyaning harakatlari "urushning cho‘zilishi uchun sabab" ekanligini ko‘rsatdi.
Zelenskiy Starmer bilan Yevropa xavfsizlik formatlarida qo‘shma ishlarni muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Parijda Ukraina, Amerika, Germaniya, Fransiya va Britaniya rasmiylari muzokara o‘tkazgan edi. Ular Ukraina va Rossiya o‘rtasida barqaror tinchlikka erishish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muzokaralarda ishtirok etgan Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bunday uchrashuv yangi formatdagi muzokaralarning boshlanishi ekanligini ta’kidladi.