Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Ispaniyaga ilk tashrifini amalga oshirmoqda

Zelenskiy Ispaniyaga ilk tashrifini amalga oshirmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy dushanba kuni Madridga keladi va u yerda Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuv mahalliy vaqt bilan kunduzi (GMT 10:00) bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng yetakchilar matbuot anjumani o‘tkazadi, deyiladi Ispaniya bosh vazirining idorasi bayonotida.

Zelenskiyni saroyda Ispaniya qiroli Felipe VI ham qabul qiladi. «Keyin qirol Felipe va qirolicha Letisiya uning sharafiga kechki ovqat beradi», — deyiladi qirollik oilasi bayonotida.

AFP eslatganidek, bu Zelenskiyning 2019 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri Ispaniyaga birinchi rasmiy tashrifidir. Ukraina prezidenti may oyi o‘rtalarida Madridga tashrif buyurishni rejalashtirgan, biroq Rossiyaning Xarkov viloyatidagi hujumi tufayli tashrifni keyinga qoldirishga majbur bo‘lgan.

Chorshanba kuni Sanches Ispaniya parlamentiga Madrid va Kiyev ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini imzolashga tayyorlanayotganini aytdi.

«Jabhadagi vaziyat imkon bersa, biz Ukraina bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va institusional hamkorlikni kengaytiruvchi shartnoma imzolaymiz», dedi bosh vazir.

Kiritildi: 09:20 27.05.2024. O'qildi: 960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!