Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida Prezident devoni rahbari Andrey Yermak va Xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerovning Qo‘shma Shtatlarga borishi va Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilganini bildirdi.
"Kecha Yermak va Umerov Qatarda uchrashuvlar o‘tkazdi, ularda vositachilik masalalari muhokama qilindi. Bugun esa ular Saudiya Arabistonida muzokaralar o‘tkazishdi, payshanba kuni Shveysariyada, juma kuni esa AQShda bo‘lishadi", — dedi Ukraina yetakchisi.
"Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari ustida ishlayotgan barcha mutaxassislar — harbiylar, siyosatchilar, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutasaddilar bu jarayonga jalb qilinadi. Maqsad jarayonni maksimal darajada tezlashtirish", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.