"Ukraina prezidenti tashrif davomida Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda asosiy muhokama mavzusi Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini o‘tkazish masalasi bo‘lishi rejalashtirilgan", deya xabar bermoqda nashr.
Spiegel manbalariga ko‘ra, Zelenskiy Mers bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, Ukraina mudofaa sanoatini rivojlantirish va uzoq masofali harbiy yordam va qurol yetkazib berish kabi masalalarni ham muhokama qilishi kutilmoqda.