Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CBC News telekanaliga bergan intervyusida bu urushda har ikki tomon uchun ham g‘alaba bo‘lishi mumkin emasligini aytdi.
«Rostini aytsam, bu urushda har ikki tomon uchun ham g‘alaba bo‘lishi mumkin emas. Insonlar shunchalik ko‘p qurbon bo‘layotgan bir sharoitda buning iloji yo‘q. Bu biz o‘rtasidagi urushning birinchi kunidanoq imkonsiz bo‘lib qolgan», — dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda asosiy g‘alaba — janglarni to‘xtatish va tinchlikka erishish.
«Dunyo uchun g‘alaba — tinchlik. Bu urushni to‘xtatish. Bu inson hayoti uchun g‘alaba», — dedi Ukraina prezidenti.