Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi

A A A
Zelenskiy BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan Kiyevdagi bolalar kasalxonasiga hujumidan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirdi.

Prezident Zelenskiy muzokaralar uchun kelgan Polsha poytaxti Varshavada Bosh vazir Donald Tusk bilan qo‘shma matbuot anjumanida gapirdi.

Uning eslatishicha, dushanba kuni Rossiya Kiyev, Krivoy Rog, Dnepr va Donetsk viloyatining ayrim shaharlariga hujum qilgan. Prezident Kiyevga qilingan hujumlar natijasida Oxmatdit bolalar kasalxonasi zarar ko‘rganini ta’kidladi.

Ukraina prezidenti: «Ukraina Rossiyaning fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, bolalar kasalxonasiga bergan zarbalari munosabati bilan BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishni talab qiladi», dedi.

Zelenskiy mahalliy hokimiyatlarga Oxmatdit kasalxonasi xodimlari bolalarga yordam berishda davom etishi uchun texnik jihozlangan shifoxona topishni topshirdi.

Kiritildi: 22:53 08.07.2024. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!