Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Biz Germaniyaga suyanamiz"

Zelenskiy: "Biz Germaniyaga suyanamiz"

Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 17 may kuni telefon orqali Ukrainadagi harbiy va gumanitar vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

“Ular suhbatda Ukraina va Rossiya mojarosiga muzokaralar yo‘li bilan diplomatik yechim topish uchun Rossiya tomonidan harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi va Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi kerak degan xulosaga kelishdi”, deydi Germaniya Hukumati matbuot kotibi Shteffen Xebeshtrayt.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, suhbat davomida ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida fikr almashgan va yaqin aloqada bo‘lishga kelishib olgan.

O‘z navbatida, Zelenskiy Shols bilan muzokaralarni “samarali” deb atagan.

“Biz frontdagi vaziyat, Rossiya Federasiyasiga bosimning davom etishi, sanksiyalarni kuchaytirish, tinchlikka erishish istiqbollarini muhokama qildik. Biz Germaniyaning qo‘llab-quvvatlashini, jumladan, mudofaa ko‘magini qadrlaymiz. Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘lish yo‘lida Germaniyaning keyingi yordamiga umid qilamiz”, deb post qoldirgan Ukraina Prezidenti o‘zining "Twitter"dagi rasmiy sahifasida.

Kiritildi: 23:12 17.05.2022. O'qildi: 4387 marta. Fikrlar soni: 25 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!