Zelenskiy BAAga rasmiy tashrif bilan bordi. Ma’lum bo‘lishicha, Ukraina prezidenti BAAga rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan birga yetib kelgan.
"Ustuvor vazifa – asirlikdan yanada ko‘proq odamlarimizni uyga qaytarish. Shuningdek, investisiyalar, iqtisodiy va gumanitar sohalar bo‘yicha hakorlikni kengaytirish", – deb yozdi Volodimir Zelenskiy Telegram'dagi sahifasida.
Avvalroq Ukraina Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko Zelenskiyning BAAga tashrif buyurish rejalari haqida ma’lumot bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev mintaqa davlatlari bilan muhim iqtisodiy kelishuvlarni imzolashga tayyorlanmoqda.