Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Zaxarova: Rossiya Shvesiyadan Vena konvensiyasiga amal qilishni qat’iy talab etmoqda

A A A
Zaxarova: Rossiya Shvesiyadan Vena konvensiyasiga amal qilishni qat’iy talab etmoqda

Moskva Rossiyaning Shvesiyadagi elchixonasiga bo‘yoqli uchuvchisiz qurilma bilan hujum qilinganidan so‘ng Stokgolmdan Vena konvensiyasiga qat’iy rioya etishni talab qilmoqda.

Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

"Biz Shvesiya hukumatidan 1961 yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga muvofiq qabul qiluvchi tomon sifatida Rossiya diplomatik vakolatxonasining jismoniy xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini so‘zsiz bajarishni talab qilamiz," deya ta’kidladi u.

Zaxarovaning aytishicha, 2024 yilning may oyidan buyon 15 ta shunday voqea sodir bo‘lgan.

Shuningdek, u Shvesiya huquqni muhofaza qilish organlari hozirgacha ushbu hujumlarning birortasi bo‘yicha ham jinoyatchilarni aniqlay olmagani va javobgarlikka torta olmaganini alohida qayd etdi.

Kiritildi: 23:05 26.05.2025. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!