Zaxarova: AQShning harakatlari o‘n minglab odamlarning o‘limiga va Yaqin Sharqda boshi berk ko‘chaga olib keldi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning aytishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyat AQShning inqirozlarni hal qila olmasligidan dalolat beradi.
Eronning Isroilga raketa hujumidan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan bayonotida Zaxarova mintaqadagi vaziyatni «AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining to‘liq muvaffaqiyatsizligi» deb atadi.
✍️ Zaxarova qonli drama tobora kuchayib borayotganini ta’kidladi.
“Oq uyning noaniq bayonotlari uning inqirozni hal qilishga to‘liq qodir emasligini ko‘rsatadi. [AQSh Davlat kotibi] Blinkenning sa’y-harakatlari o‘n minglab odamlarning o‘limiga va boshi berk ko‘chaga olib keldi", deb yozadi Zaxarova.