Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

A A A
Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Zarbdor tumanida 17-yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni tanishtirdi.

Viloyat hokimining Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni Zarbdor tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: 2024-yilning 28-dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi Ruziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.

Kiritildi: 14:03 18.01.2025. O'qildi: 1613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!