Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Zarafshonda mahkumlar oilasi bag‘riga qaytarildi

Zarafshonda mahkumlar oilasi bag‘riga qaytarildi

Bugungi kunda sudlar tomonidan jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipiga asosan jazodan ozod qilish hamda yengilroq turdagi jazoga almashtirib, ozodlikka chiqarish to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rilayotgani ahamiyatlidir.  Sababi jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u ahloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudi tomonidan 2020 yilning 23 iyun kuni Zarafshon shahridagi 12-son Jazoni ijro etish koloniyasining mahkum Z.Qodirov va F.Shomatovga nisbatan JK 74-moddasiga asosan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish to‘g‘risidagi taqdimnomasi hamda 6 nafar mahkumlarga nisbatan JIK 113-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan shaxslarni saqlash sharoitlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi. 2 nafar mahkum o‘z oilasi bag‘riga qaytdi.

D.Xonbo‘tayeva, Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining raisi      

 

 

Kiritildi: 14:38 25.06.2020. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!