Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Zangiota tumanida yer qonunchiligi buzilgan holat aniqlandi.
✅Aniqlanishicha, 2016-yilda fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan 2,0 gektar sug‘oriladigan yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilmasdan turib, tuman hokimining 2019-yilgi tegishli qarori asos qilinib ushbu yerda qurilish ishlari boshlangan.
2024-yilda bu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi asosida chora ko‘rilgan. Biroq, bugungi kunda qurilish ishlari yana davom ettirilgani aniqlanib, yana jinoyat ishi ochildi.
✅Holat bo‘yicha Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan ma’lumotlar prokuratura organlariga yuborilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.