Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2018 yil 25 oktyabr kuni Achchiqsoy MFY ko‘chasida yashovchi B.S. Dehqonobod MFY hududida joylashgan “Amirxon Omad Agro” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagon ichida, o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan shu MFY da yashagan fuqaro J.Kning tanasini turli joylariga ketmon sopi bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha J.K. olgan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. B.S. qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.