Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Zamonaviy beshkurashchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda

A A A
Zamonaviy beshkurashchilarimiz jahon chempionatida qatnashishmoqda

Misrning Iskandariya shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati start oldi. 16-iyulga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi.

Hamyurtlarimiz bugun saralash bosqichidagi ishtiroklarini boshlashadi. Yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Asliddin Raimjonov, qizlar bahsida Kira Soy hamda Samira Abzalova yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, yosh sportchilarimiz musobaqadan avval 22-iyun – 10-iyul kunlari ushbu shaharda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashishdi. Mashg‘ulotlarda ishtirok etgan terma jamoamizning qolgan a’zolari bugun tunda Toshkentga qaytib keldi.

Kiritildi: 12:31 12.07.2023. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!