Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

"Zamministr"ning ikkinchi xotini" yana bir qoidabuzarlik sabab jarima maydonchasiga joylashtirildi

"Zamministr"ning ikkinchi xotini" yana bir qoidabuzarlik sabab jarima maydonchasiga joylashtirildi

Avvalroq o‘zini YPX xodimlariga «zamministr»ning ikkinchi xotini ekanini aytib, ularga qarshilik ko‘rsatgan ayolga yana bir qoidabuzarlik uchun chora ko‘rildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning 27 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda fuqaro M.E. boshqaruv vaqtida qo‘l telefondan foydalangani holati aks etgan video keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Fuqaro, 1996 yilda tug‘ilgan M.E. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan avtomobil boshqargani, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganligi bo‘yicha Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi YU.S. tomonidan bayonnoma tuzilib, Nexia-3 rusumli, 01 X743DB davlat raqam belgili avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Kiritildi: 22:18 27.08.2021. O'qildi: 8733 marta. Fikrlar soni: 15 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!