Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Zakot hamda Fitr sadaqani plastik karta orqali o‘tkazib berish joizmi?

A A A
Zakot hamda Fitr sadaqani plastik karta orqali o‘tkazib berish joizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Plastikka pul o‘tkazish naqd pul berish bilan barobar. Shuning uchun zakot, fitr sadaqasi va boshqa shu kabi sadaqalarni plastik kartalarga o‘tkazib berib, ado qilish joiz. Chunki plastikka pul tushganda ham muhtoj kishi unga to‘liq egalik qila oladi va xohlaganidek tasarruf qiladi.

Demak, zakot, fitr kabi sadaqalarni muhtoj kishilarning plastik kartasiga tushirib berish bilan ham ado qilish mumkin.

Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati.

Kiritildi: 21:15 29.04.2020. O'qildi: 4849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!