Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.X. 3 nafar ayolga (1992, 1995 va 1999 y.t) o‘z hisobidan aviabilet sotib olib berib, ularni Turkiya Respublikasi Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollab, Toshkent xalqaro aeroportida “Toshkent-Antaliya” yo‘nalishi orqali jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.