Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"Yuventus" Shomurodov jamoasiga qarshi o‘yinda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

"Yuventus" Shomurodov jamoasiga qarshi o‘yinda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Italiya A Seriyasi 33-turidan o‘rin olgan "Kalyari" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobida duranga imzo chekdi. Ilk bo‘limda maydon egalari ikkita gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda "keksa senyoralar" kambek amalga oshirdi.

"Kalyari" safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 79-daqiqada zaxiraga olindi. Hamyurtimiz jamoasining maydondagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi. "Sofascore" talqiniga ko‘ra, vakilimi 7.1 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, ushbu bellashuvdan keyin "Kalyari" ochkolar sonini 32 taga yetkazib, 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 02:18 20.04.2024. O'qildi: 4445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!