Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Yuventus" darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi

"Yuventus" darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi

14 avgust kuni “Yuventus”ni tark etib, erkin agentga aylangan 34 yoshli darvozabon Voysex Shesni faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

"2006 yil iyun oyida men o‘z shahrim Varshavani tark etib, "Arsenal"ga bir orzu bilan qo‘shildim. Bu umrboqiy sayohatning boshlanishi bo‘lishini bilmagan edim. Dunyoning eng yirik klublarida o‘ynashimni va 84ta o‘yinda vatanimni himoya qilishimni bilmagandim. Men nafaqat o‘ynab tirikchilik qilishimni, balki o‘yin butun hayotimga aylanishini bilmasdim.

Nafaqat orzumni amalga oshirdim, balki hayollarim meni olib ketishga ham jur’at eta olmaydigan joylarga keldim.
Tarixdagi eng yaxshi o‘yinchilar bilan o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdim. Bir umrlik do‘stlar orttirdim, unutilmas xotiralar yaratdim va hayotimga aql bovar qilmaydigan ta’sir ko‘rsatgan odamlar bilan uchrashdim.

Har bir hikoyaning oxiri bor, lekin hayotda har bir yakun yangi boshlanishdir. Bu yangi yo‘l menga nima olib keladi, buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo agar so‘nggi 18 yil menga nimanidir o‘rgatgan bo‘lsa, hech narsa imkonsiz emas", – deb yozdi Shesni ijtimoiy tarmoqda.

Kiritildi: 18:03 27.08.2024. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!