Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizda yana 145 kishida koronavirus aniqlandi, sog‘ayganlar esa 22.000dan oshdi

Yurtimizda yana 145 kishida koronavirus aniqlandi, sog‘ayganlar esa 22.000dan oshdi

🔺2020 yil 9 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 (+145) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 120 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 7 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli Q.R. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli U.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 436 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 726 nafar bemor tuzaldi. 

❗️Shunday qilib, yurtimizda 22 042 (+726) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 8 373 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 23:35 09.08.2020. O'qildi: 5035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!