Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shoygu urush tugaydigan “aniq va shubhasiz” sanani ma’lum qildi

Shoygu urush tugaydigan “aniq va shubhasiz” sanani ma’lum qildi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya urushda shu yiliyoq g‘alaba qozonishiga ishonmoqda, deb yozadi “Kremlyovskaya tabakerka” Telegram-kanali. Buni u yaqinda o‘z davrasidagi odamlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tgan.

“Maxsus harbiy operasiya tugaydigan aniq va shubhasiz sanani aytishim mumkin — shu yilning noyabr-dekabri. Amerikaning hech qanaqa ko‘magi dushmanimizga yordam bera olmaydi. Bunga ishonchim komil”, — dedi mudofaa vaziri.

Uning fikri Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovnikidan farq qilmoqda, deyiladi xabarda. U urush yana uch-to‘rt yil davom etadi, deb hisoblaydi. Amerikaliklar Kiyevga harbiy yordamni ma’qullaganidan keyin, ko‘pchilik harbiylar shu fikrga kelgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham urush shu yil tugashiga shubha qiladi. “Sergey Kujugetovichning qandaydir o‘z hisob-kitoblari va fikrlari bor. Maxsus operasiyani bu yil qanday tugatamiz, bilmayman. Axir jiddiy hujum operasiyalari rejalashtirilmoqda”, — dedi Shoyguning o‘rinbosarlaridan biri.

Kiritildi: 15:59 25.04.2024. O'qildi: 24063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!