Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yurtimiz bozorlaridagi narx-navolar qanday?

Yurtimiz bozorlaridagi narx-navolar qanday?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishda davom etadi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 9 iyun holatidagi narxlari

 

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jazzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000 – 42 000 so‘m.

 

Qo‘y go‘shti

32 000 so‘mdan – 45 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun poytaxtimizdagi “Farhod”, “Mirobod”, “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg. qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada ham Surxondaryo viloyati Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti - 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.

 

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Qoraqalpog‘istondagi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida va Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.

 

Guruch

4 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” va Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.

 

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12500 so‘mgacha.

 

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi 1 750 – 3 350 so‘m.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un Buxoro Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

 

Shakar

4 500 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” hamda “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so‘m.

 

Tuxum

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha


Qiziq tomoni shundaki, bir dona tuxumning eng arzoni ham (350 so‘m) eng qimmati ham Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan.

 

Kartoshka

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, Andijon markaziy dehqon bozori va Farg‘ona markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” dehqon bozorida, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.

 

Pomidor

3 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtimizdagi Qo‘yliq dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 so‘mdan – 4 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx ham Toshkentda “Chorsu” va “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 3 000 – 6 000 so‘mgacha.

 

Xo‘jalik sovuni

800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazmning Urganch shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.

Kiritildi: 11:30 11.06.2019. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!