Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Argentina Eron tashqi ishlar vazirini hibsga olishni talab qilmoqda

Argentina Eron tashqi ishlar vazirini hibsga olishni talab qilmoqda

Argentina Eron tashqi ishlar vaziri Ahmad Vohidiyni qidiruvga bergan va u tashrif bilan kelgan Pokiston va Shri-Lanka rasmiylaridan uni hibsga olishni talab qilgan. So‘rov Interpol orqali yuborilgan. Hibsga olish ehtimoli nolga yaqin.

Sobiq mudofaa vaziri va Eron Inqilobiy gvardiyasi generali, «Quds» kuchlarining xorijiy operasiyalar bo‘limiga qo‘mondonlik qilgan Ahmad Vohidiy 1994 yilda Buenos-Ayresdagi hujumga aloqador bo‘lgan. O‘shanda terrorchilar Argentina poytaxtidagi yahudiylar markazini portlatib, 85 kishini o‘ldirgan, yana 300 ga yaqin kishi jarohat olgan.

Ikki yil oldin, 1992 yilda terrorchilar Isroilning Buenos-Ayresdagi elchixonasi yaqinida bomba o‘rnatilgan avtomobilni portlatib yuborishgan. Bino vayron bo‘lgan, 29 kishi halok bo‘lgan va yana 242 kishi yaralangan. Portlash uchun javobgarlikni Livan Hizbullohi zimmasiga oldi. Isroil Argentinani Eron razvedka xizmatlarining har ikkala teraktda ishtirok etgani haqida xabardor qildi, biroq Argentina rasmiylari uzoq vaqt davomida harakatsizligicha qoldi.

2024 yil aprelida Argentina sudi teraktlar nafaqat Isroil va yahudiylarga, balki Argentinaga qarshi ham qaratilgan deb qaror qildi – Eron yadroviy sohadagi hamkorlikni to‘xtatgani uchun qasos olmoqda.

Bu ish bilan bog‘liq yana bir fojiani eslatib o‘taman. 2015 yilda, Argentina prezidenti Kristina Kirchner Eron bilan tergovni to‘xtatish uchun til biriktirganligi haqidagi xabar chop etilishidan bir necha soat oldin prokuror Alberto Nisman o‘lik holda topilgan edi. Avvaliga o‘lim o‘z joniga qasd qilish deb topilgan, ammo keyin tergov uni o‘ldirilgan degan xulosaga kelgan.

Kiritildi: 23:58 27.04.2024. O'qildi: 1870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!