Bugun 18 avgust, 2022 yil, payshanba

КИР

Yuriy Shatunovning o‘limi tufayli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Yuriy Shatunovning o‘limi tufayli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi

"Laskoviy May" guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunov o‘limi sababli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda guruhning ijrochi derektori Arkadiy Kudryashov KP.RU portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Xususan, sal avval xonanda chaqiruvga kelgan tez yordam mashinasida vafot etgandi.

Shatunovning yordamchisi uning vafoti borasida so‘zlab, bunda shifokorlarni aybladi.

"Yura stolda o‘tirgan chog‘ida birdan ko‘kragini changalladi, nafas olishi qiyinlashdi. Tez yordam chaqirdik, ammo dispetcher o‘zimiz olib kelishimizni, yo‘qsa uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri kelishini aytdi. Uni eng yaqin tez yordam bo‘limiga olib bordik va u yerda Yuraning ahvoli jiddiyligini aytishdi va biz uni shifoxonaga olib borishga majbur bo‘ldik. Bizni tez yordam mashinasida jo‘natishdi – uskunasiz qadimiy “gazel”. Yurani shifoxonaga olib borolmadik, u yo‘lda vafot etdi. Shifoxona uning yuragini ishga tushirishga harakat qildi, ammo bu ish bermadi. U allaqachon o‘lgan edi... Menimcha, uni qutqarishning iloji yo‘q edi. Hozir shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan, - deydi u.

Kiritildi: 21:59 27.06.2022. O'qildi: 4515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!