Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yuqori nafas yo‘llari qanday yallig‘lanadi?

Yuqori nafas yo‘llari qanday yallig‘lanadi?

— Kuz-qish mavsumida nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish holatlari sezilarli darajada ko‘payadi. Eng ko‘p kuzatiladigan shunday xastaliklardan biri bronxitdir. Uning o‘tkir va surunkali turlari mavjud.

❓Xo‘sh, yuqori nafas yo‘llari qanday zararlanadi?

Bunga ko‘pincha ob-havoning o‘zgarishi, o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning ko‘payishi, immun tizimi zaiflashishi, ichkilikbozlik, kashandalik kabi zararli odatlar hamda gaz, chang, kuchli efir moylari singari zaharli moddalar sabab bo‘ladi. Ular halqum, hiqildoq yoki traxeyani zararlab, o‘pka tomon tarqalishi hamda bronxit va pnevmoniyani keltirib chiqarish xavfi mavjud, deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza PARPIYEVA.

Kasallikning o‘tkir turida quruq yoki balg‘amli yo‘tal, holsizlik, mushaklarda qaqshash, ko‘krak sohasida og‘irlik hissi va og‘riqlar paydo bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay tumov yuzaga keladi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilishi mumkin.

➡️ Bronxit to‘liq davolanmasa, sog‘ayish muddati uzayib, surunkali tusga o‘tadi va og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi ehtimoli yuqori.
🔬 Xususan, gaymorit, otit va pnevmoniya kabi asoratlar ko‘p hollarda bronxit qaytalanishi tufayli kelib chiqadi. Yurak-qon tomir tizimida tegishli patologiyalari mavjud va ancha holsiz kishilarda bronxit tufayli mayda bronxlar ham zararlanadi, bu esa bemorlar holatiga salbiy ta’sir qilib, kasallikning uzoq davom ettishiga olib keladi.

🤒 Xastalik rivojlanganda balg‘am yiringli bo‘lib, uning miqdori ko‘payishi, nafas qisishi, havo yetishmovchiligi hamda yuqori harorat, doimiy yo‘tal, ko‘krak sohasidagi og‘riq va umumiy holsizlikning kuchayishi kuzatiladi.

📌 Kasallik alomatlari paydo bo‘lgan zahoti shifokorga murojaat qilish va aniq tashxis qo‘yilgach, muolajalarni imkon qadar erta bosqichda boshlash tavsiya etiladi. Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga o‘zboshimchalik bilan davolanish, turli dori vositalarini shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilish og‘ir asoratlarga olib kelishi haqida eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: Bugun 17:23. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!