Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Yunusoboddagi sintepon sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusoboddagi sintepon sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 14 noyabr kuni Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi 160-uyda joylashgan «Yunusobod kichik sanoat zonasi» hududidagi «Stroyteploizolyasiya» MCHJning sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Kuch va vositalarni boshqarish markaziga yong‘in haqidagi ma’lumot 10:01 da kelib tushgan.

Yong‘inni o‘chirishga 14 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb qilingan. Yong‘in soat 10:34 da qurshab olingan. Yong‘in boshlanganiga 2 soatdan oshgan bo‘lsa ham u hozircha batamom o‘chirilgani yo‘q. Tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 14:44 14.11.2018. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!