Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Yunusobodda garovdagi "Lacetti" omborxonadan topildi

Yunusobodda garovdagi "Lacetti" omborxonadan topildi

Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida Uchtepa tuman 1-son davlat notarial idorasining 3 iyul 2024 yildagi ijro xatiga asosan, qarzdor T.A.dan undiruvchi ‘Cash U Mikromoliya tashkiloti’ foydasiga 74 mln. 375 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud. Mazkur qarz undiruviga oid ijro hujjati Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi O‘.Abdixalilov tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor A.T.ga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish uchun qonun talabi asosida 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq, qarzdor tomonidan qarzdorlik berilgan ixtiyoriy muddat ichida qoplanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan qarzdor tomonidan uning tanishiga tegishli bo‘lgan, garovga qo‘yilgan "Lacetti" tanishining ish joyidan "Yangi-qo‘yliq" ko‘chasida joylashgan ishxona omborxonasida ekanligi aniqlangan va tegishli tartibda davlat ijrochisi tomonidan avtotransport vositasi xatlangan hamd jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Kiritildi: 23:36 25.07.2024. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!