11 iyul kuni soat 22.30 da Yunusobod tumanida 44 yoshli Yelena M. 50 yoshli Marina O. bilan janjallashib qolib, unga oshxona pichog‘i bilan shikast yetkazgan. Natijada Marina O. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi.
Toshkent shahar IIBBning yozishicha, mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.