Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yulduz Usmonova Shabnami Surayyo bilan duyet kuyladi (video)

A A A
Yulduz Usmonova Shabnami Surayyo bilan duyet kuyladi (video)

Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda “Taralla Dalli” nomli qo‘shiq ijod qilishdi. Ushbu quvonchli xabar bilan Shabnami Surayyo o‘zining Instagram᾽dagi sahifasida o‘rtoqlashdi.

“O‘zbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qo‘shiq kuylash men uchun sharaf”, - deya yozgan Shabnam.

Qo‘shiq maromiga yetkazib kuylagan. Ikki tilda ijro etilgan tarona barchaga birdek manzur bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘zlarining ijobiy izohlarini yozib qoldirishmoqda.

“Duetligini bilmagan odam qo‘shiqni ikki tilda bir kishi ijro etyapti deb o‘ylaydi, menimcha. Negaki ovozlari bir-birlariga rossa ham mos tushgan. Gap yo‘q, zo‘r chiqibdi. Omad hamdo‘stlikka”, - deya yozgan muxlislardan biri.

Kiritildi: 15:36 27.05.2019. O'qildi: 5460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!