2021 yil 15 iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining ish yurituviga da’vogar Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovichning javobgar Usmonova Yulduz Ibragimovnaga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi kelib tushgan arizaga ko‘ra tayinlangan galdagi sud majlisi VKA rejimida ko‘rilishi 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga qoldirilgandi.
2021 yil 23 iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqiyosida sudyalar faoliyatining 2021 yil 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Shunga ko‘ra, da’vogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha 2021 yil 23 iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida ko‘rilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan.
Sud majlisining muhokamasi bugun – 29 iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida ko‘rilishi tayinlangan bo‘lib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan.
2021 yil 29 iyul kuniga tayinlangan sud majlisi da’vogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni ko‘rmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan sha’n-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi arizasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan ko‘rmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi e’lon qilindi.