Yuk avtomobil haydovchilari ushbu xabarni o‘qib, endi shuning uchun ham jarima to‘laymizmi deyishi mumkin. Lekin yo‘llarda harakatlanishning qonuniy tartibini bilib olish zarar qilmaydi albatta.
Haydovchilarning yuk avtomobillarida yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno), yo‘nalishli transport vositalari to‘xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o‘tish joylaridan yurishi BHMning 1/2 qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikni takroran sodir etsa:
— BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.