Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

YPX xodimlarini foto va video tasvirga tushirish huquqi saqlab qolindi!

A A A
YPX xodimlarini foto va video tasvirga tushirish huquqi saqlab qolindi!

2025 yil 24 yanvarda Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun 2024 yil 16 avgustda o‘tgan chaqiriq Senatning 55-yalpi majlisida ham ko‘rilgandi. Avvalgi muhokamalar jarayonida senatorlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati ishtirokchilarining tegishli qoidalarga rioya etish madaniyatini oshirish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, respublika hududida yo‘l-transport hodisalari sodir etilayotgani va buning natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy ziyon yetayotganligi haqida o‘z fikrlarini bildirgandi.

Yakunda YPX xodimlarini foto va video tasvirga tushirish huquqi saqlab qolindi!

Kiritildi: 20:04 24.01.2025. O'qildi: 1762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!