Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Yozda Turkiyaga qancha rossiyalik sayyoh tashrif buyurdi?

A A A
Yozda Turkiyaga qancha rossiyalik sayyoh tashrif buyurdi?

2023 yilning yoz oylarida Turkiyaga 2,56 million rossiyalik sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2022 yilning iyun-avgust oylariga nisbatan 19 foizga ko‘p, biroq sayyohlar soni hali ham pandemiyadan oldingi darajaga yetmagan.

RBK Turkiya turizm va madaniyat vazirligiga tayanib, 2022 yil yozida Turkiyaga 2,15 million rossiyalik tashrif buyurganini xabar qilmoqda.

2023 yilning yanvar-avgust oylari orasida Turkiyaga 4,35 million Rossiya fuqarosi tashrif buyurdi. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 44 foizga ko‘p, o‘shanda uch million kishi bor edi.

Turkiyaga kelgan xorijlik sayyohlar orasida ruslar hamon birinchi o‘rinda. Ikkinchi o‘rinda Germaniya fuqarolari, uchinchi o‘rinda Britaniya fuqarolari.

Kiritildi: 12:38 25.09.2023. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!