Yoz oxirigacha "Real"ni 4 nafar futbolchi tark etishi mumkin. Carrusel Mercato dasturida Gonsalo Garsiya, Rodrigo, Endrik va Dani Sebalyos Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, Rodrigo "Real"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning rejalaridan o‘rin olmagan. Braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin va Madrid klubi bu transferdan yaxshigina pul ishlab olishi kutilmoqda.
Endrik va Gonsalo Garsiyaga kelsak, ulardan biri "Real"dan ketishi deyarli aniq. Agar yaqin haftalarda Endrik bo‘yicha yaxshi takliflar bo‘lmasa, Gonsalo ijaraga ketadi.