Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

"YouTube"da ota-ona nazorati o‘smirlar uchun ham qo‘llaniladi

"YouTube"da ota-ona nazorati o‘smirlar uchun ham qo‘llaniladi


——
"YouTube" o‘z platformasida o‘smirlar uchun ota-ona nazorati funksiyasini kengaytirmoqda. “Yangi” funksiya shu haftadan boshlab butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘ladi.

Nazorat funksiyasi "YouTube" Oila markaziga birlashtirilgan ota-onalar va vasiylarga o‘z hisoblarini o‘smirlar akkauntlari bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu sozlama ota-onalarga o‘smirlarning "YouTube"dagi faoliyati, jumladan, translyasiyalar, yuklangan videolar, sharhlar va ularning obunalari haqida real vaqt rejimida bildirishnoma olish imkonini beradi. Ushbu nazorat orqali ota-onalar o‘z farzandlarini "yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va rag‘batlantirishlari" mumkin.

"YouTube"ning bu harakati davlatlarning yosh foydalanuvchilar uchun platformaning "yaroqliligi"ga, ayniqsa, nomaqbul kontent va reklamaga bo‘lgan e’tiborining ortishi bilan bog‘liq. Ushbu xususiyat yordamida "YouTube" o‘smirlar faoliyatiga yanada shaffofroq qarashni taklif qiladi.

Kiritildi: 15:33 07.09.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!