YouTube videoxosting xizmati Belarus davlat kanallarining akkauntlarini o‘chirib tashladi. Bu haqda Belarus Axborot vazirligi o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
"Bugun Amerikaning Google kompaniyasiga tegishli videoxosting xizmati bo‘lgan YouTube BelTA, STV va ONT Belarus kanallarini o‘chirib tashladi", deyiladi bayonotda.
Vazirlik platformaning bu harakatini "do‘stona bo‘lmagan va asossiz" deb atadi va videoxosting xizmatiga qarshi qasos olish huquqi haqida ogohlantirdi.