Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

A A A
«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qiz bolalarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov yopiq tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda OTMlarga qarashli talabalar uylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. Bu haqda "gazeta.uz" yozmoqda.

«Keyin yana ijtimoiy tarmoqlarda ayyuhannos: „Bu kishi o‘zlarining e’tiqodlaridan kelib chiqib, qiz bola bilan o‘g‘il bolani ajratishni boshladi“, deb yozishadi. Bu gaplar nima kerak menga?», — dedi vazir.

Abduqodir Toshqulov mas’ullarga murojaat qilib: «Qizingiz o‘g‘il bola bilan bitta xonada ovqat tayyorlashini xohlarmidingiz? Qizingiz o‘g‘il bolalarga har kuni ovqat pishirib berishini xohlarmidingiz? Kirini yuvishini xohlarmidingiz?», deb so‘radi.

Vazir keraksiz shtatlar ko‘pligini eslatib, ulardan xodim qo‘ysa bo‘lishini, "bu narsa bevosita rahbarga bog‘liqligini" ta’kidladi. U bino bitta bo‘lsa, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ham aytdi.

Kiritildi: 12:07 12.02.2021. O'qildi: 4216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!