Kecha “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvi namoyish etilgan. Ko‘rsatuvda Qoraqalpog‘istonni viloyat deb nomlagan. Ushbu xatosi uchun "Yoshlar" telekanali teletomoshabinlardan uzr so‘radi.
"Bugun telekanalimiz faoliyatida juda kam-kam uchraydigan qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yildi.
Bugun “Yoshlar” telekanali orqali soat 12.05da Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tayyorlangan “Biz tomonlarda” ko‘rsatuvi namoyish etilgan edi.Ko‘rsatuvda montaj jarayonidagi texnik xatolik sababli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi”ning nomi xato ko‘rsatilgan.
Ushbu qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilgani uchun biz, "Yoshlar" telekanali jamoasi ko‘p sonli teletomoshabinlarimizdan uzr so‘raymiz. Hozir aybdorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda", - deydi telekanal jamoasi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ko‘rsatuv “Qoraqalpog‘iston Respublikasi”ning nomi to‘g‘rilangan holda kecha soat 18:33da qayta namoyish etilgan.
Telekanalning qayd etishicha, kelgusida telekanalda bu kabi holatlarning takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy choralar ko‘riladi.