Jurnalist Hamza Jumayev YouTube’dagi kanalida bolakaylarning jiddiy savollarga samimiy javoblaridan iborat «Kichik katta suhbat» loyihasini taqdim etdi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.
Loyihaning birinchi sonida 2—11 yosh oralig‘idagi o‘g‘il-qizlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib qolganida unga nima deyishlari haqidagi savolga javob bergan.