Bugun 1 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Ukraina frontda ilgarilab ketdi

A A A
Ukraina frontda ilgarilab ketdi

Ukraina harbiylari Xarkov viloyati shimolidagi pozisiyalarini qaytarib oldi va Volchanskning markaziy qismiga ilgariladi.

Urushni o‘rganish instituti (ISW) hisobotida aytilishicha, ukrainaliklarning oldinga siljishini Xarkov yo‘nalishida ishlaydigan uchuvchisiz batalon qo‘mondoni tasdiqladi. Harbiylar Xarkov viloyati shimolida vaziyat barqarorlashgani, Rossiya qo‘shinlari 12 iyundan beri sezilarli muvaffaqiyatga erishmaganini ma’lum qildi.

Rossiya Federasiyasi bu yo‘nalishda yaxshi jihozlanmagan hujum bo‘linmalari va oddiy qo‘shinlardan foydalanmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari ushbu hududdagi yo‘qotishlarni tezda to‘ldirmoqda. Bundan tashqari, ruslar ushbu yo‘nalishdagi hududni masofadan minalashga harakat qilmoqda.

Shuningdek, ISW Rossiya qo‘shinlari Xarkov yo‘nalishidagi deyarli barcha 83-havo-desant brigadasini, xususan, shaxsiy tarkib jang qilishdan bosh tortgani sababli yo‘qotishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bayonot bo‘rttirilgan, chunki hech qanday dalil yo‘q.

Kiritildi: 15:45 29.06.2024. O'qildi: 12144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!