Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

Yoga 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritiladimi?

Yoga 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritiladimi?

Hindiston 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish da’vosida g‘olib chiqsa, “mamlakatning yumshoq kuchi” sifatida ta’riflanadigan yogani to‘rt yillik o‘yinlar dasturiga kiritish talabini ilgari suradi.

Bu haqda Milliy Olimpiya assosiasiyasi Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randhir Singxga yo‘llagan maktubida bayon etildi. Murojaatda jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashda o‘rni muhimligidan kelib chiqib, yogani Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritish zarurligi ta’kidlangan.

Shuningdek, joriy yil 21 iyunda dunyo bo‘ylab 10-xalqaro yoga kuni keng nishonlangani, barcha mamlakatlarda kishilar ushbu tur bilan shug‘ullanayotgani, jismoniy va ruhiy salomatlik manbai bo‘lgan bu harakat kelgusida Osiyo o‘yinlari, oxir-oqibat Olimpiya o‘yinlaridan joy olishga haqli ekani qo‘shicha qilingan.

Kiritildi: 04:56 01.07.2024. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!