Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShda NATOga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda

AQShda NATOga qarshi miting bo‘lib o‘tmoqda

AQShda NATO sammiti arafasida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda, unda ishtirokchilar alyansni bekor qilish va dunyo bo‘ylab AQSh harbiy bazalarini yopishni talab qilmoqda.

9-11 iyul kunlari Vashingtonda NATO sammiti bo‘lib o‘tadi.

Namoyishchilar Vashington markazidagi Presviterian cherkovining katta zalida to‘planishdi. Zaldagi plakatlarda «NATOga qarshi turing! Xalqning huquq va ozodlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlang», «AQSh imperializmini to‘xtating» va «NATO qo‘llab-quvvatlagan urushni to‘xtating! AQSh bazalarini yoping! AQSh harbiylarini Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasidan olib chiqib keting!» degan shiorlar yozilgan.

Uchrashuvda turli shtatlarning fuqarolik faollari guruhlari rahbarlari ishtirok etib, Manilaning yaqinda Vashingtonning Janubiy Xitoy dengizida operasiyalar o‘tkazishda yordam berish taklifini rad etishi fonida AQShning Filippin bilan harbiy hamkorligini to‘xtatish tarafdori bo‘lishdi.

Kiritildi: 10:42 07.07.2024. O'qildi: 1683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!