Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘an Yevro-2024dagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar bilan uchrashdi va ularga tasalli berdi

Erdo‘g‘an Yevro-2024dagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar bilan uchrashdi va ularga tasalli berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevro-2024 doirasidagi Gollandiya bilan o‘yindan so‘ng milliy terma jamoa futbolchilarini kiyinish xonasiga tashrif buyurib, ularga tasalli berdi. Bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Janob prezident o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida futbolchilar bilan uchrashdi”, — deyiladi nashr xabarida.

Nashr etilgan suratlarda Erdo‘g‘an millatchilik harakati uchun diskvalifikasiya qilingan futbolchi Merix Demiral bilan qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan.

Shuningdek, Erdo‘g‘an alohida, italyan tilida Turkiya terma jamoasining Yevropa chempionatida erishgan natijasi uchun milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vinchentso Montellaga minnatdorchilik bildirdi.

Erdo‘g‘an Berlinga Turkiya va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yinini tomosha qilish uchun keldi. Gollandiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Kiritildi: 14:00 07.07.2024. O'qildi: 1405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!