Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mashhur bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg‘a qildi

Mashhur bloger 100 ta uy qurib, muhtojlarga sovg‘a qildi

O‘zining xayriya aksiyalari bilan tanilgan mashhur bloger MrBeast yangi tashabbusga qo‘l urdi. U muhtoj oilalarga 100 ta uy qurib berdi.

MrBeast nomi ostida ijod qiluvchi Jimmi Donaldson bundan oldin ham ko‘plab savobli ishlarga boshchilik qilgan. U minglab odamlarning ko‘rish qobiliyatini tiklash va kataraktani olib tashlash operasiyalari uchun pul bergan.

Lekin shunga qaramay, MrBeast yaxshilik yo‘lida qilayotgan ushbu sa’y-harakatlari uchun ijtimoiy tarmoqda tanqidlarga ham uchrab turadi.

"Biz odamlarga yordam berganimizda ba’zi insonlarning jahli chiqadi. Ular bu ishlarni aslida men emas, hukumat vakillari qilishi kerakligini uqtirmoqchi bo‘lishadi. Ha, ularning fikri to‘g‘ri, lekin men jamiyatdagi Ijtimoiy tengsizlikka shunchaki qarab turolmayman", deydi bloger.

Shuningdek, Donaldson internet orqali topgan barcha daromadlarini muhtoj insonlarga sarflashini va o‘limidan oldin ham bor narsasini ularga berishini va’da qilgan.

Kiritildi: 13:44 07.07.2024. O'qildi: 6019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!