Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

UXX Rossiyadagi yirik o‘q-dorilar omboriga hujum qildi

UXX Rossiyadagi yirik o‘q-dorilar omboriga hujum qildi

7 iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiya Federasiyasining Voronej viloyati Sergeevka qishlog‘i yaqinidagi dala o‘q-dorilar omboriga dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda xabardor manbalar NVga xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, ruslar 9 ming kvadrat metr maydonda «er-er» va «er-havo» raketalari, tanklar va artilleriya uchun snaryadlar, shuningdek, o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar qutilarini saqlashgan.

Aytilishicha, ruslar Ukrainadagi janglar uchun o‘z qo‘shinlariga o‘q-dorilarni shu omborxonadan yetkazib berishadi.

Kiritildi: 19:05 07.07.2024. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!